Huquqiy hujjat

Bolalar xavfsizligi standartlari

Operator: Shahzod Ziyodullayev Aloqa: privacy@birgaapp.uz

«Birga» — faqat 18 yoshdan oshgan kattalar uchun tanishuv ilovasi. Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va suiiste'mol qilishga (CSAE) nisbatan nol bag'rikenglik siyosatini yuritamiz. Bu sahifada standartlarimiz, ilovada shikoyat qilish yo'li va aloqa ma'lumotlari keltirilgan.

Mundarija · 6 bo'lim

1. Bizning standartimiz

«Birga»da bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va suiiste'mol qilishga (CSAE) hamda bolalar jinsiy zo'ravonligi materialiga (CSAM) mutlaqo yo'l qo'yilmaydi. Bunday kontent yoki xatti-harakat aniqlansa, qat'iy choralar ko'ramiz.

  • Voyaga yetmaganlar ishtirokidagi jinsiy yoki shahvoniy kontentni joylash, yuborish yoki so'rash taqiqlanadi
  • Voyaga yetmaganga nisbatan har qanday jinsiy yoki romantik maqsadli murojaat taqiqlanadi
  • Bunday kontent yoki xatti-harakatga ko'maklashish, uni targ'ib qilish yoki oqlash taqiqlanadi

2. 18+ qoidasi

«Birga»dan faqat 18 yoshga to'lganlar foydalana oladi. Ro'yxatdan o'tishda tug'ilgan sana so'raladi va 18 yoshga to'lmaganlarning ro'yxatdan o'tishi rad etiladi. Hisob voyaga yetmagan shaxsga tegishli ekani aniqlansa, u bloklanadi yoki o'chiriladi.

3. Ilovada shikoyat qilish va bloklash

Har bir foydalanuvchi boshqa foydalanuvchi haqida moderatorlarga shikoyat qilishi yoki uni bloklashi mumkin. Shikoyat moderatorlarga boradi.

  • Suhbat yoki profilda xavfsizlik menyusini oching
  • «Xavfsizlik» guruhidagi «Shikoyat qilish» ni tanlang va sababni belgilang (masalan, «Voyaga yetmagan» yoki «Nomaqbul kontent»); xohlasangiz, batafsil izoh yozing
  • «Bloklash» ni tanlasangiz, u sizni ko'rmaydi va sizga yozolmaydi. Bloklaganlaringiz ro'yxati: Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik → Bloklangan foydalanuvchilar

4. Shikoyatlar va CSAM bilan qanday ishlaymiz

Shikoyatlarni moderatorlar ko'rib chiqadi; hisobni bloklash haqidagi qaror odam tomonidan qabul qilinadi. Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya yoki CSAM aniqlansa:

  • kontent darhol olib tashlanadi
  • hisob doimiy bloklanadi (ban)
  • qonunchilikka muvofiq bu haqda vakolatli organlarga xabar beramiz va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilamiz
  • shikoyat va ban yozuvlari xavfsizlik uchun saqlanadi (Maxfiylik siyosatiga qarang)

5. Qonunga rioya

Bolalarni himoya qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga hamda Google Play siyosatlari talablariga rioya qilamiz.

6. Bolalar xavfsizligi bo'yicha aloqa

Bolalar xavfsizligi masalalari bo'yicha mas'ul: Shahzod Ziyodullayev. Yozing: privacy@birgaapp.uz yoki Telegram @shahzod_ziyodullayev. Murojaatlarni ko'rib chiqamiz.